Zimma, Zimmiy

Zimma, Zimmiy (arabcha (ahli az-zimma)-shartnoma kishilari)-o’rta asrlarda Arab xalifaligida musulmon bo’lmagan aholi (asosan, xristian va yahudiylar)ga ma’muriyat, ikki o’rtada tuzilgan shartnoma asosida shaxs va mulk daxlsizligi, shuningdek, o’z dinlariga erkin sig’inish huquqini ta’minlash haqida kafolat bergan. Buning evaziga Zimma jon solig’i-jizya va yer solig’i-xiroj to’lashga majbur etilgan. Zimmiylar jizya to’lab, o’zlari uchun himoyaga ega bo’lganlar va ular qimmatbaho kiyimlar kiymaslik kabi shartlarni ham o’z zimmalariga olganlar.