ZOG’OZA

ZOG’OZA, qizilcha, efedra (Ephedra) — qizilchadoshlar oilasiga mansub ikki uyli butalar turkumi. 40 turi bo’lib, O’rta dengiz mamlakatlarida, Hindiston, Xitoy, Shimoliy va Janubiy Amerikada, Rossiyaning Janubiy-Sharqiy Yevropa qismida va Sibirda, Kavkaz va O’rta Osiyoda tarqalgan. Ko’pincha quruq cho’l va yarim cho’l mintaqalarda, quruq toshloqli tog’yon bag’irlarida o’sadi. Zog’ozaning barglari mayda, qipiqsimon, tezda to’kilib ketadi. Changchi va urug’chi qubbalari poya bo’g’imlarida joylashgan. Zog’nulning 10 ga yaqin turi O’zbekistonda uchraydi. Zog’nul tarkibidagi efedrin alkaloididan tibbiyotda foydalaniladi. Efedrin yurak va qon tomirlari faoliyatiga adrenalinga o’xshash ta’sir ko’rsatadi.