ZUTNER (SUTTNER) BERTA FON

ZUTNER (SUTTNER) BERTA FON (asl Familiyasi Kinskaya) (1843.9.6, Praga — 1914.21.6, Vena) — Avstriya adibasi, jamoat arbobi. Harbiy oilada tug’ilgan. Gruziyada yashagan (1876-85). Shu yerda adabiy faoliyati boshlangan. «Bir qalb qomusi» (1883) asarini Onlot taxallusi bilan e’lon qiladi. Zutner Venaga qaytgach, tinchlik jamoati tuzadi (1891), zamonasining ko’zga ko’ringan jamoat arboblari, mashhur yozuvchilari bilan aloqa o’rnatadi. «Vaffen nuder!»(«Die Watten nieder!”, 1892 99) jurnali nashr etgan. «Yo’qolsin qurol» (1889), «Martaning bolalari» (1902) romanlarini, «Yozuvchining ishqiy sarguzashtlari» (1888), «Azobkor shoh» (1899) asarlari hamda «Urush va unga qarshi kurash» (1904), «Xotiralar» (1908) to’plamlarining muallifi. Urushga qarshi faoliyati uchun Nobel mukofoti laureati (1905) bo’lgan.