ZURMALA MINORASI

ZURMALA MINORASI – Termizdagi me’moriy yodgorlik (miloddan avvalgi 2-asr) Kushonlar davriga oid budda inshooti. A. Strelkov uni Stupa deb hisoblagan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Zurmala minorasi xarobasining balandligi 14,5 metrgacha bo’lgan. Asosan to’g’ri to’rtburchak tarhli (22 x 16 metr), tsilindrsimon minora shaklida xom g’ishtdan qurilgan, tepasiga qubba — gumbaz ishlangan, oqish ohaqtosh bilan qoplangan, asosida bo’rtma gorelef haykallar bo’lgan. Toshtaxtalar hamda taroshlangan bo’lak parchalari ko’plab topilishi Zurmala minorasini tashqaridan ham tosh bilan qoplangan deb taxmin qilinadi. Ad.: Termiz — Buyuk yo’llar chorrahasidagi ko’hna va yangi shahar, T., 2001.