Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi – Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumati, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan tuziladi, uning oldida mas’ul va unga hisob beradi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashini Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisining taqdimiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilib, Jo’qorg’i Kenges tomonidan tayinlanadigan rais boshqaradi. U o’z lavozimi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 1998 yil 29 yanvar yangi tahrirda qabul qilingan «Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to’g’risida»gi qonunga muvofiq, Vazirlar Kengashi: Qoraqalpog’istonda iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uyg’unlashtirish va ularning tengligi, bozor iqtisodiyotining huquqiy qurilishini ro’yobga chiqarish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, xo’jalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga ko’maklashadi. Pul-kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko’radi. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, shuningdek, respublikada iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv idoralari tizimini takomillashtiradi, har xil vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari va xo’jalik tuzilmalarini tashkil qilish va tugatish to’g’risida respublika Jo’qorg’i Kengesiga takliflar beradi; fan va texnikani rivojlantirish chora-talbirlarini, shuninglek, tabiiy boyliklarni muxrfaza etish, ulardan samarali foydalanish bo’yicha dasturlarni amalga oshiradi; fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqlarini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ijtimoy ta’minot tizimini takomillashtirish, sog’liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga yordamlashadi; respublika davlat xavfsizligini ta’minlash, O’zbekiston Rsspublikasining davlat chegaralarini qo’riqlash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga ko’maklashadi, Qoraqalpog’iston Respublikasi va xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan yirik ekologik dastur. Targa oid ishlarni muvofiqlashtiradi. Tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’radi. O’zbekisgon Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlariga muvofiq hukumatlararo shartnomalar, bitimlar tuzadi va amalga oshiradi.