Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi – Qoraqalpog’iston Respublikasining oliy davlat hokimiyati organi, respublika parlamenti. 1995 yil 25 dekabrda tashkil etilgan. Bungacha Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi deb atalgan. Respublika Jo’qorg’i Kengesi hududiy saylov okruglaridan ko’ppartiyalilik asosida 5 yil muddatga saylanadigan 86 deputatdan iborat. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining huquqiy maqomi Qoraqalpog’iston Konstitutsiyasi (1993 yil 9 aprel) va «Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi to’g’risida»gi qonun (1994 yil 24 Sentabr.; yangi tahrirda 1998 yil 28 yanvar)da belgilab berilgan. Qoraqatpog’iston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Jo’qorg’i Kengesi ish olib borishi mumkin. Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs Qoraqalpog’iston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas. Jo’qorg’i Kengesning mutlaq vakolatlariga Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; qonunlarni qabul qilish, ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish. Respublika Konstitutsiyasiga sharh berish; iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat strategik yo’nalishlarini qabul qilish; shuningdek, respublikada davlat hokpmiyati organlarining rahbarlarini, o’rinbosarlarini, mansabdor shaxslarni lavozimlarga tayinlash va ozod qilish hamda Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlar kiradi. Jo’qorg’i Kenges raisi Qoraqalpog’iston Respublikaeining eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. U Jo’qorg’i Kenges tomonidan Jo’qorg’i Kenges deputatlari ichidan yashirin ovoz berish yu:sh bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining vakilligi muddatiga va qatorasiga 2 muddatgacha saylanadi (Qoraqalpogiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 80-modda). Jo’qorg’i Kenges Prezidiumi Jo’qorg’i Kenges faoliyatini tashkil etish va boshqa davlat vakolatlarini amalga oshirish uchun tuzilali, uning tarkibiga Jo’qorg’i Kenges raisi, uning o’rinbosarlari, Jo’qorg’i Kenges qo’mitalari va komissiyalarining raislari, Jo’qorg’i Ken GESdagi partiya guruhlarining raislari kiradi. Hozirgi kunda Jo’qorg’i Kengesda 5 qo’mita, 1 komissiya, 3 frakniya mavjud. Jo’qorg’i Kenges Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 1924 yil noyabrdan chiqadigan «Erkin Qaraqalpaqstan». 1919 yil iyunidan chiqadigan «Vesti Karakalpakstana» hamda 1992 yil 25 iyuldan chiqa boshlagan «Amu tongi» gazetalarining hammuassisidir.