Qoraqalpog’iston Respublikasi o’lkashunoslik muzeyi

Qoraqalpog’iston Respublikasi o’lkashunoslik muzeyi — madaniy-ma’rifiy muassasa; 1929 yilda To’rtko’l shahrida tarix-o’lkashuioslik muzeyi sifatila asos solingan. 1944 yildan Nukus shahrida. 1969 yildan hozirgi nomda. Muzeyda tabiat, arxeologiya-etnografiya, amaliy san’at. Yangi tarix bo’limlari hamla fond mavjud. Fondida 57 mingdan ziyod eksponat bor (2005). Muzeyning shakllanishida olimlardan N.A.Baskakov, N.V.Tor-chinskaya, K.Aimbetov kabilarning xizmatlarn katta. Ya.G’ulomov. S.P.Tolstov, T.A. Jdanko, A.L. Melkov. A.S. Morozova va boshqa olimlar boshchiligida arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyalari davrida topilgan hamda aholidan to’plangan eksponatlar hisobiga muzey fondi boyitilgan. Muzey ekspozitsiyasida o’lka tarixi. xalq ijodi, arxeologiya-etnografiyasi. O’simlik va hayvonot dunyosi, Orol fojiasi, qoraqalpoq xalqining o’ziga xos amaliy san’ati (ayniqsa, zargarlik, kashtalo’zlik. kinim, yog’och o’ymakorligi va boshqalar)ning qadimdan hozirgi davrgacha bo’lgan holati yorqin ifodasini topgan. Muzey fondini boyitib boradi. Eksponatlarni saqlash, ta’mirlash. Konservatsiyalash ishlarini amalga oshiradi: fondini ko’rgazmalar uyushtirish yo’li bilan targ’ib qiladi. Muzey O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Fanlar Akademiyasi hamda uning institutlari bilan respublikadagi va chet mamlakatlardagi muzeylar va boshqa tashkilotlar bilan yaqin aloqada faoliyat yuritadi. Svetlana Nurabullayeva.