Qizketgan
Qizketgan — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi shaharcha (1958 yildan). Nukus shahar Kengashiga qarashli. Amudaryo sohilida, Nukus — Taxiatosh avtomobil yo’li ustida, Nukusdan 10 kilometr narida. Aholisi 23,9 ming kishi (2003). G’isht, marmar, asfalt-beton zavodlari, 3 qurilish tashkiloti, qurilish kombinati, avtokorxonalar bor. Umumiy ta’lim maktablari, madaniyat uyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.