Qizketgan
Qizketgan — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi shaharcha (1958 yildan). Nukus shahar Kengashiga qarashli. Amudaryo sohilida, Nukus — Taxiatosh avtomobil yo’li ustida, Nukusdan 10 kilometr narida. Aholisi 23,9 ming kishi (2003). G’isht, marmar, asfalt-beton zavodlari, 3 qurilish tashkiloti, qurilish kombinati, avtokorxonalar bor. Umumiy ta’lim maktablari, madaniyat uyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.
O‘xshash so‘zlar
- Qizketgan
- Qizqo’rg’on qo’rg’oshin-qalay koni
- Qizqush
- Qo’biz, qil qo’biz, qobuz
- Qo’chqor
- Qo’chqor
- Qo’chqor soyligi
- Qo’chqor soyligi


