Pasttekisliklar

Pasttekisliklar – Okean sathidan 200 metrgacha baland bo’lgan quruqliklar. Pasttekisliklarning yer yuzasi ko’pincha yassi yoki past-baland tekisliklardan iborat. Pasttekisliklar tektonik cho’kish natijasida hosil bo’lib, dengiz cho’kindilari yoki dare allyuviylaridan tarkib topgan. Platformalarning asta pasayishi va dengiz sayozligining ko’tarilishi oqibatida ham Pasttekisliklarlar vujudga keladi. Ba’zi Pasttekisliklar okean sathidan past joylashgan (Kaspiy bo’yi, Janubiy Kaspiy va boshqalar).