Parenxima

Parenxima (Yunoncha parenchyma — to’ldirish, to’ldiruvchi massa) — 1) ichki a’zolarning epitelial hujayralaridan tashkil topgan va shu a’zolarga xos asosiy elementlar (masalan, jigar, buyrak, o’pka epiteliysi va boshqalar); 2) hayvonlarda haqiqiy to’qimaning filogenetik asosi. Boshlang’ich va aralash Parenximaga bo’linadi; 3) o’simliklarda bir xil o’lchamdagi hujayralardan tarkib topgan asosiy to’qima; assimilyatsiya, chiqarish va boshqa funktsiyalarni bajaradi.