Panjobilar

Panjobilar — Pokiston (Panjob viloyati, 81 million kishi, 1990-yillar o’rtalari) va Hindiston (Panjob shtati, 8,9 million kishi)dagi xalq. Umumiy soni 90 millionga yaqin kishi. Panjobi tilida so’zlashadi. Hindistondagi Panjobilar, asosan, hinduizmga, Pokistondagilar esa, Islom diniga (asosan, sunniylar) e’tiqod qiladi. Panjob, madaniyatning eng qadimgi beshiklaridan biri hisoblanadi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikda bu hududda Xapanna madaniyati tarqalgan. Panjobilar etnik va til jihatdan O’rta Osiyo va Eronning eng qad aholisi bilan qardosh. Panjobni bosib olgan forslar, yunonlar, saklar va parfiyaliklar, Kushonlar, arablar, turkiylar, mo’g’ullar Panjobilarning tarixiy etnogenezida ma’lum rol o’ynagan. Bobur Hindistonni zabt etgandan so’ng (1526) Panjobga afg’onlar va o’zbeklar ham ko’chib kelgan. Panjobilar xalq sifatida 17-18-asrlarda shakllangan. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik, hunarmandchilik.