Penisillioz
Penisillioz — o’simlik kasalligi, ko’proq g’o’za ko’sagi kasallanadi. Kasallikni Penicillium turiga mansub zamburug’lar qo’zg’atadi. Ko’sakning ayrim chanoklarini yoki butunlay shikastlab, tolada kulrang, yashil, kulrang-ko’kish, sarg’ish va boshqa ranglar hosil qiladi. Tola texnologik xususiyatlarini yo’qotadi va foydalanish uchun yaroqsiz bo’lib qoladi. Penisillioz, asosan, o’simlikning pastki — yerga yaqin joylaridagi yoki yotib qolgan tuplardagi ko’saklarda rivojlanadi. Ba’zan Penisillioz ikkilamchi infektsiya-vertisillyoz viltning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Kurash choralari: g’o’zaning yotib qolishiga yo’l qo’ymaslik, begona o’tlarni yo’qotish, dalani kech kuzda sug’ormaslik.