Piza

Piza — Italiyaning Markaziy qismidagi shahar, Arno daryosi bo’yida. Piza provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 85,3 ming kishi (2001). Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kema qatnaydigan kanal orqali Livorno porti bilan bog’langan. Mashinasozlik, kimyo, farmasevtika, oyna-shisha, keramika, Piza shahri. «Qulayotgan minora». To’qimachilik, ko’n-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Galiley ta’lim olgan universitet (1343), Sanmatteo muzeyi bor. O’rta asrlarda qurilgan me’moriy yodgorliklardan Kampanella («qulayotgan Minora»), cherkovlar saqlangan. Turistlar ko’p keladi.