Pyotr III Fyodorovich

Pyotr III Fyodorovich, Karl Pyotr Ulrix [1728.10(21).2, Kil, Germaniya — 1762.7(18).7, Ropsha, Peterburg yaqinida] — Rossiya imperatori (1761-62). Nemis gersogi Karl Fridrix va Pyotr I ning qizi — Anna Petrovnaning o’g’li; Yekaterina II ning eri. Rossiyaning milliy manfaatlariga qarshi Prussiya bilan sulh tuzgan, bu sulh yetti yillik urushda rus qo’shinlarining g’alabasi natijalarini yo’qqa chiqargan. Armiyaga nemis tartiblarini joriy qilgan. Xotini Yekaterina tomonidan uyushtirilgan to’ntarish natijasida taxtdan tushirilgan va o’ldirilgan.