TSELESTIN

TSELESTIN (lotincha caelestis — zangori osmon) sulfatlar sinfiga mansub mineral. Strontsiy, sulfat kislota birikmasidan tarkib topgan. Kimyoviy tarkibi SrSO4; sa va va aralashgan bo’ladi. Romb singoniyada kristallanadi. Kristallari ustunsimon, disksimon, piramidaga o’xshash. Donador, tolasimon, plastinkasimon, tuproqsimon agregatlar hosil qiladi. Havo rang yoki havo rangkulrang, ba’zan qizg’ish yoki sarg’ish xillari mavjud. Shishadek yaltiroq. Mo’rt. Qattiqligi 3-3,5, zichligi 4 gramm/santimetr kub chamasida. Asosiy konlari ohaktosh, dolomit, gipslar bilan bog’liq. Xemogenbiogen cho’kindi jinslarda xol-xol ko’rinishida yoki g’ovaklarni to’ldiruvchi sifatida uchraydi. Sinonimlari: apotom, shyutsit. Strontsiy va uning turli birikmalari pirotexnikada, maxsus qotishmalar ishlab chiqarishda, rangli televizor, lazer elektronika va boshqalarda qo’llaniladi. Tselestindan strontsiy olinadi. O’rta Osiyo, Rossiya Federatsiyasi (Volga bo’yi, Ural), Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh, Italiya va boshqa joylarda konlari mavjud. Tselestin O’zbekistonda keng tarqalgan. Farg’ona vodiysi, O’zbekistan g’arbi va Janubda bo’r va paleogen davrlari yotqiziqlarida uchraydi.