TSITOKIMYO

TSITOKIMYO (TSITO… va kimyo) — tsitologiyaning bo’limi, hujayra tuzilmalarining kimyoviy tarkibi, hujayrada kimyoviy birikmalarning sintezlanishi, taqsimlanishi va faolligini, xujayra funktsiyasiga karab ularning o’zgarishini o’rganadi. Tsitokimyo sohasidagi tadqiqotlar 19-asrning o’rtalaridan 20-asr o’rtalarigacha ayniqsa jadal rivojlangan. Tsitokimyo tadqiqotlari hujayra tarkibiy qismlarining muayyan bo’yoqlar bilan bo’yalishi va, aksincha, boshqa bo’yoqlar ta’sir qilmasligiga asoslangan. Nuklein kislotalarining irsiyatdagi ahamiyatini tushuntirib berilishi, oqsil molekulalari mikdoriy o’zgarishlarining hujayra funktsional faolligiga bog’liqligi aniqlanishi, hujayra tsiklini o’rganish Tsitokimyoning eng katta yutuqlaridir. Immunositokimyo, elektron mikroskopik tsitokimyo Tsitokimyoning eng istikbolli sohalari hisoblanadi. To’qima strukturalarini Tsitokimyo metodi yordamida o’rganish gistokimyo deyiladi.