IONONLAR

IONONLAR — tsiklogeksen qatorining to’yinmagan ketonlari; rangsiz, xushbo’y suyuqliklar. Spirtda yaxshi eriydi. Iononlar jumlasiga ionon va uning gomologlari (metilionon, Iron va ularning izomerlari) kiradi. I.ning bir necha izomeri bor, ulardan izomerining hidi juda yoqimli. Iononning suyultirilgan eritmalaridan binafsha hidi keladi. Atir-upa, xushbo’y sovunlar, oziq- ovqat essentsiyalari va A vitamin ishlab chiqarishda qo’llaniladi.