IONIYA FAYLASUFLARI

Ma’nosi

IONIYA FAYLASUFLARI – miloddan avvalgi 6-4-asrlarda Ioniyada yashagan yunon faylasuflari. Ular — Fales, Anaksimandr, Anaksimen (Milet maktabi), efeslik Geraklit, apolloniyalik Diogen. Asosiy g’oyalaridan biri mavjudotning birligi, barcha narsalar muayyan ibtido (suv, havo, olov) dan paydo bo’lganligi to’g’risidagi fikrdir. Ioniya faylasuflari naturfalsafasiga gilozoizm xos.

O‘xshash so‘zlar

I harfi: barcha so‘zlar