PAVEL I

PAVEL I [1754.20.9(1.10) – Peterburg — 1801.12.(24).3] — Rossiya imperatori (1796 yildan), Pyotr III va Yekaterina II ning o’g’li. Rossiyada harbiy- politsiyachilik rejimini, armiyada pruss tartiblarini joriy qilgan; dvoryanlar imtiyozlarini cheklagan, o’zboshimcha siyosat yurgizgan. Dastlab inqilobiy Frantsiyaga qarshi chiqqan, lekin, 1800 yil Napoleon I bilan ittifoq tuzgan. Gvardiyachi zobitlar fitnasi natijasida o’ldirilgan.