PAY

PAY, hissa — firma, kompaniya, jamiyat, shirkatning umumiy kapitalida muayyan jismoniy yoki yuridik shaxs hissasiga to’g’ri keladigan pul badali summasi yoki ulush. Pay egasi oladigan daromad, dividend, shuningdek, kompa- niya tugatilganda u oladigan mulk ulushi yoki pul mablag’lari Pay miqdoriga bog’liq bo’ladi. Pay badallari shirkat yoki kompaniyaning Pay fondini tashkil etadi. Pay pay guvohnomasida qayd etiladi.