AVTOMAGISTRAL
AVTOMAGISTRAL (Avto… va lotincha magistralus — bosh, asosiy) —o’tkazish qobiliyati yuqori bo’lgan, qarama-qarshi harakat qatorlari o’rtasida chegara qo’yilgan, boshqa yo’llar bilan bevosita kesishmaydigan avtomobil yo’li. Katta shaharlar, viloyatlararo, shahar doirasidagi transport qatnoviga moslangan katta yo’l. Toshkent halqa yo’li, Toshkent — Samarqand avtomobil yo’li Avtomagistraldir. Avtomagistrallarda harakat qatori to’rttadan kam bo’lmaydi. Kesishuvchi Avtomagistrallar maxsus ko’priklar va aylanma yo’llar vositasida baland-past qilib o’tkaziladi. Avtomagistrallarda yonilg’i quyish stansiyalari, avtomobillarni ko’rikdan o’tkazadigan va kichik ta’mirlash manzillari bo’ladi.