AGULLAR
AGULLAR — Dog’iston Respublikasining Janubiy-Sharqidagi baland tog’li tumanlarda yashovchi xalq; qariyb 14 ming kishi; MDHda jami 19 ming kishi (1992). Agullar tili Kavkaz tillari oilasining Dog’iston guruhiga kiradi. Agul tilida so’zlashadi. Dindorlari — musulmon-sunniylar.