AGUDA
AGUDA (1068 — 1123) – Xitoydagi Szin davlatining asoschisi va birinchi imperatori (1115 — 23). 1113 yilda kidanlarga o’lpon to’lovchi Vanyanlarning Chjurchjen urug’iga boshchilik qildi. 1114 yilda kidanlarga karshi urushib ularning qal’alarini egalladi. 1115 yilda o’zini imperator deb e’lon qildi va sulola nomini Szin («Oltin») deb atadi. 1116 yilda Manchjuriyani butunlay bosib oldi, 1123 yilda esa shimoliy Xitoydagi kidanlarning Lyao saltanatini ham bo’ysundirdi.
O‘xshash so‘zlar
- AGULLAR
- AGULYAS
- AGVAN TILI
- AHD deganda nimani tushunasiz?
- AHIYI HIRAVIY kim bo’lgan?
- AHL AS-SUNNA VAL-JAMOA deganda nimani tushunasiz?
- AHL UL-KITOB bular kimlar?
- AHLI HAQ bular kimlar?

