AZOKSIBIRIKMALAR
AZOKSIBIRIKMALAR – sariq kristall moddalar. Tarkibida azoksiguruh bo’lgan organik birikmalar; spirtda, efirda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Azoksibirikmalarning rangi ularning tarkibida azoksiguruh borligidandir. Elektrolitik usulda qaytarilsa, azobirikmalarga, kontsentrlangan sulfat kislota ta’sirida esa oksiazobenzollarga aylanadi. Sanoatda Azoksibirikmalar nitrozobirikmalarga arilgidroksilaminlar ta’sir ettirib olinadi. Azobenzol va benzin olish uchun ishlatiladi.