AZOLA

AZOLA (Azolla) — qirqquloqdoshlar oilasiga mansub, suvda o’sadigan, sporali ko’p yillik o’simliklar turkumi. Suv ostida yon ildizlari, suv ustida qalin bargchalari bo’ladi. Azolaning 6 ta turi bor. Qazilma turlarining soni 50 ga yaqin. Azolaning ba’zilari hozirgi Janubiy Amerika, Afrika, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Avstraliyaning tropik joylarida keng tarqalgan. Azolaning qazilma qoldiqlari (sporasi, bargaining izlari va megasporasi) bo’r davridan pleystosen davrigacha bo’lgan qatlamlarda uchraydi. Masalan, ular G’arbiy Qozog’istonda bo’r, Hindistonda Eosen, Ustyurt va Qozog’istonda Oligosen davrlariga mansub qatlamlardan topilgan. Azola turlari azotga ega bo’lganligi tufayli undan tuproqning unumdorligini oshirishda foydalaniladi.