AKARITSIDLAR

AKARITSIDLAR (Yunoncha akari — kana va lotincha caedo — o’ldiraman) — o’simlikxo’r kanalar, ombor kanalari, shuningdek uy hayvonlari va parranda kanalariga qarshi qo’llaniladigan kimyoviy moddalar. O’simlikka sirtdan Keltan, Neoron, Omayt, Mitak, Oltingugurt, Ohak-oltingugurt qaynatmasi va singib ta’sir etuvchi (fosfamid, fozalon, karbofos va boshqalar) Akaritsidlar bo’lishi mumkin. Singib ta’sir qiluvchi Akaritsidlar o’rgimchakkanadan tashqari yana o’simlik bitlarini va boshqa bir qancha so’ruvchi zararkunandalarni ham nobud qiladi. Ombor kanalariga qarshi metilbromid, xlorpikrin va boshqa Akaritsidlar qo’llaniladi. Dehqonchilik va bog’dorchilikda Akaritsidlar asosan o’rgimchakkanaga qarshi ishlatiladi.