AKARIFAGLAR
AKARIFAGLAR (Yunoncha akari — kana va phagos — yeyuvchi) — yirtqich va parazit hasharotlar hamda kanalar; o’rgimchak kanalarning tabiiy kushandalari. Sug’oriladigan dehqonchilik mintaqalarida oddiy o’rgimchakkana bilan oziqlanuvchi Akarifaglarning 40 turi aniqlangan. G’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlaridagi o’rgimchakkana bilan oziqlanib, ular sonini kamaytiruvchi Akarifaglar— stetorus, kanaxo’r tripe, yirtqich qandala — orius, oltinko’zlar, fitoseid oilasiga mansub yirtqich kanalar va boshqa katta ahamiyatga ega. Yirtqich kanalardan issiqxonalardagi o’simliklarni, bahor va kuzda esa harorat 30% dan yuqori va havo namligi 60-80% li sharoitda g’o’zani zararkunandalardan himoya qilishda hasharotlarni mavsumiy tarqatish usulida foydalaniladi.