ALIZARIN BO’YOQLAR
ALIZARIN BO’YOQLAR – alizarin va boshqa poligidrooksiantraxinonlar hosilalari. Ularning ko’pchiligi alizaringa nitrat kislota, sulfat kislota va boshqa reaktivlar ta’sir ettirib olinadi. Gazlamalarni qizil, binafsha va pushti ranglarga bo’yashda foydalaniladi. Ko’p valentli metallarning rangli tuzlari holida suvda erimaydigan juda mustahkam lok olishda ham ishlatiladi.