ALIZARIN
ALIZARIN, 1,2-digidrooksiantraxinon, SIN8O4 — zarg’aldoq-qizil kristall. Molekulyar modda 240,20. Suyuklanish temperaturasi 290°, qaynash temperaturasi 430°. Suvda yomon, etil spirtda o’rtacha eriydi; benzol, sirka kislota, ishqorlarda yaxshi eriydi. Alizarin ro’yan o’simligi (Rubia tinctorium) ildizida glyukozid holda uchraydi. Birinchi marta 1869 yilda nemis kimyogarlari K. Grebe va K. T. Liberman tomonidan sintez qilingan. Sanoatda sintetik Alizarin ishlatiladi. Alizarin ko’p valentli metallar (masalan, alyuminiy va boshqa) bilan rangli tuzlar hosil qiladi. Alizarin analitik kimyoda ko’p metallarning ionlarini aniqlashda, ba’zi bo’yoqlarni sintez qilishda yarim mahsulot sifatida ishlatiladi; uning alyuminiyli loki badiiy bo’yoqlar tayyorlashda va poligrafiyada qo’llaniladi.