ALLOTROPIYA

ALLOTROPIYA (Yunoncha allos — boshqa va tropos — burilish, yo’nalish) — kimyoviy elementning tuzilishi va xossalari turlicha bo’lgan ikki yoki undan ortiq oddiy modda holida mavjud bo’la olishi. Bu allotropik modifikasiya deb ataladi. Mas, uglerod tabiatda olmos, grafit yoki ko’mir holida uchraydi. Umuman hozir ma’lum bo’lgan kimyoviy elementlar soni yuzdan ortiq, bularning allotropik shakl o’zgarishlari bo’lgan oddiy moddalar soni esa 400 ga yetadi. Allotropiya hodisasiga modda molekulasidagi atomlar soni (masalan, O2 — kislorod, O3 — ozon) yoki moddaning kristall panjarasi turlicha bo’lishi sabab bo’ladi (masalan, oq va kulrang qalay).