ALDER KURT
ALDER KURT (1902.10.7-1958.20.6) — nemis organik kimyogari, falsafa fanlari Doktori. 1940 yildan Kyoln universitetiga qarashli kimyo institutining direktori. 1928 yilda O. Dils bilan hamkorlikda dien sintez asoslarini ishlab chiqdi. Stereokimyo, polimerizasiya sohalarida ham tadqiqotlar olib bordi. Nobel mukofoti laureati (1950).