Dorug’a, Daruxachi, Dorug’achi
Dorug’a, Daruxachi, Dorug’achi (mo’g’ulcha nazoratchi, shahar boshlig’i)-1) Mo’g’ullar davlatida mahalliy hokimlar huzuridagi ulug’ qoon vakili, noibi. Dorug’a zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: aholini ro’yxatga olish; mahalliy xalqdan qo’shin to’plash; pochta aloqalarini yo’lga qo’yish; soliqlar yig’ish; to’plangan soliq-to’lovlarni ulug’ qoon saroyiga yetkazish; 2) temuriylar va shayboniylar davrida viloyat, shahar hokimi. Dorug’aning vazifasiga shaharni idora qilish, aholi ro’yxarini olish va uni hisob-kitob qilib borish, soliq undirish kabilar kirgan; 3) Buxoro xonligida Dorug’a shaharning harbiy komendanti.