A…, AN…

A…, AN… (yunoncha a, unli so’zlar oldidan an) – chet so’zlarda, asosan yunoncha so’zlarda ishlatiladigan old qo’shimcha. Bu qo’shimcha so’z o’zagida ifodalangan ma’noning inkor etilishini bildiradi. Mas, abiogenez, anaeroblar. Hozirgi o’zbek tilidagi no-, be-, g’ayri kabi qo’shimchalarga to’g’ri keladi. Mas, anormal (g’ayri mo’tadil), anorganik (noorganik) va b.