Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket

AB

AB, abun – arabcha ota, padar so’zining izofaga kirishmagan, noaniq va bosh kelishikdagi shakli. Uning izofaga kirishgan, aniq va bosh kelishikdagi shakli – Abu. 1. Arablar, shuningdek islom olamidagi boshqa xalqlar kunyalari tarkibiga kiruvchi so’z. Mas, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar. “Abu” bilan kelgan ism shaxsning otasi ekanligini, “ibn” bilan kelgan ism esa shaxsning o’g’li ekanligini bildiradi. “Abu” so’zi turdosh ot ma’nosida ham ishlatiladi. Bunda u kunya bo’lmaydi. Mas, “Abunnazzora – “ko’zoynak otasi” (ya’ni ko’zoynak taqib yuradigan kishi). Ba’zan “Abu” so’zi hayvonlar va jonsiz narsalarga nisbatan ham qo’llaniladi. Mas, “Abu riyoh” – “shamol otasi (ya’ni qaysi tomondan shamol esayotganligini ko’rsatuvchi temir parrak) (flyuger); “Abulyaqzon” – xo’roz. Ko’pgina adabiy so’z va atamalar qatori “Abu” so’zi ham o’zbek adabiy tilida 9-10 asrlardan boshlab turkiy so’z va atamalar bilan yonma-yon, goh ularning o’rnida qo’llanila boshlangan. Mas, Alisher Navoiy quyidagi she’riy baytida “bobo” so’zi o’rnida arabcha “jadd” va “ota” so’zi o’rnida “ab” so’zini qo’llagan.

Degach, abjad, boshig’a uyrulurlar –
Qamar birla quyosh, ya’ni jadu ab.

2. Qadimiy turkiy tilidagi ko’makchilardan biri. Yozuvda ikkinchi harf “b” yozilsa ham, talaffuzda “p” aytiladi; “ap ezgu” (“juda yaxshi”), “ap ak” (“oppoq”) (Mahmud Koshg’ariy. Devonu lug’otit turk, 1-j. T., 1960, 70-6).

Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket