Erkaklarning eng past ovozi qanday ataladi?

Mavjud ovozlar orasida eng pasti — bas. Uning uchun bir talay oliymaqom opera partiyalari bastalangan. Borodinning «Knyaz Igor» operasidagi xon Konchak, Rossinining «Sevilyalik sartarosh» operasidagi don Bazilio, Gunoning «Faust» operasidagi Mefistofel, Glinkaning «Ruslan va Lyudmila» operasidagi Farlaf va «Podshohga baxshida umr» operasidagi Ivan Susanin. Hattoki mazkur muxtasar sanab o’tishdan bas o’zida nechog’li boy imkoniyatlarni saqlayotgani, u nechog’li rang-barang xarakterlarni gavdalantirishga qodir ekanligi aniq-taniq ko’rinib turibdi. Albatta, yer yuzida mashhur rus qo’shiqchisi Fedor Shalyapinning nomini bilmaydigan kimsa topilmaydi. Uning ovozi — yuqori bas — istisno tariqasidagi latiflikka sohib bo’lgan. Keng ovoz diapozoni sharofatidan Shalyapin ba’zida bariton uchun bastalangan partiyalarni ham ijro etgan edi. U daholarcha ijro etgan Ivan Susanin, Boris Godunov, Mefistofel, Demon partiyalari musiqa tarixidan o’rin oldi. Zamonaviy baslardan eng mashhurlari — Vedernikov, Petrov, Nesterenko turli mamlakatlarda, shu jumladan operaning vatani Italiyada — Milanning dongdor «La Skala» teatri sahnasida ulkan muvaffahiyatlar bilan qo’shihlar kuylashgan.