ABA

ABA – Nigeriya janubidagi shahar. Aba daryosi bo’yida. Port-Xarkort – Enugu temir yo’l va avtomobil yo’li kesishgan joyda. Aholisi 264 ming (1991). Moyli palma mahsulotlari sotiladigan joy. Sovun va pivo zavodlari, yog’, to’qimachilik korxonalari bor.