ABAD

ABAD (arab. – so’nggi yo’q, mangulik) – 1) doimiy, ya’ni biror bir harakatning uzluksiz davom etishi. Abaddan “abadiy”, “abadiylik”, “abadiyat”, “abado” kabi so’z atamalar yasalgan. Ular “nihoyasi yo’q”, “cheksiz”, “cheksizlik”, “zalvolsiz” kabi falsafiy, ilmiy tushuncha va ma’nolarni ifodalaydi. Abadning ziddi “azal”dir. Azal – eng avvalgi davr, ibtidosi bo’lmagan o’tgan zamon. 2) mangu (o’limsiz) hayot, abadiylik. Islom dini ta’limotiga ko’ra, “abadiylik” tushunchasi avvalo Allohga tegishlidir. Oxiratdagi Jannat va do’zax ahli ham abadiylikka mansubdirlar.