ABAJUR

ABAJUR (fransuzcha abat-jour – yorug’lik qaytaruvchi) – chiroqning ko’zni qamashtirmaslik va nurni to’plab ma’lum tomonga yo’naltirish uchun mo’ljallangan g’ilofi (qalpog’i). Abajur konus, disk, shar, parabola va boshqa shakllarda metal, shisha, plastmassa, karton, qog’oz yoki shoyidan shaffof va yarim shaffof qilib yasaladi. Abajur badiiy bezak, ya’ni xonaga husn berish vazifasini ham o’taydi.