ABDOL SULTON

ABDOL SULTON, asl ismi Abdumalik sulton (?-1580) – shayboniy sultonlardan, Ko’chkunchixon nevarasi, Abdullatifxonning o’g’li, Iskandarxon hukmronligi davri (1561-83) da Zomin hokimi bo’lgan. Taxt uchun kurashlarda mag’lub bo’lib Ko’histon, so’ng Hisori Shodmonga qochib ketgan; o’sha yerda O’zbek sulton tomonidan o’ldirilgan. Samarqanddagi Ko’chkunchixon madrasasiga dafn etilgan. Abdol Sulton “Xush” taxallusi bilan she’rlar ham yozgan.