ABDOLBOBO MAQBARASI

ABDOLBOBO MAQBARASI – Xivadagi me’moriy yodgorlik (18-19-asrlar). Ichan qal’aning sharqiy darvozasi tashqarisida joylashgan. Atrofida minora, masjid, hovuzdan iborat majmua barpo qilingan. Maqbara murabba tarxli bir xona (tashqi 5,7×5,4 metr, ichki tomoni 3,4×3,4 metr) dan iborat, gumbaz tomli. Gumbaz osti bag’allari ikki qator muqarnaslar bilan bezatilgan. Peshtog’i maqbara bilan bezatilgan. Peshtog’i maqbara bilan tutashib ketgan. Uning tepasiga ikki qatorli g’ishtin sharafalar ishlangan. Masjid 17,2×8 metr) chortoq targ’li, ikki ustunli, o’ng va ters ayvonli, shiftli to’sinli, minora (ost diametri 3,45 metr, balandligi 10 metr) ning tepasi mezanali, tanasi yashil koshin belbog’lar bilan bezatilgan. Chorsi hovuzning (14,6×13 metr) cheti pog’onali.