ABDUHAKIMOV

ABDUHAKIMOV Qulijon (1876- 1968, Buxoro) — rixtagar; hunarni otasi usta Abduhakimdan o’rgangan. Abduhakimov manqaldon, zulfin, pulakcha, halqa, zanjirlarni mis va bronzadan yasashda mahorat ko’rsatgan. Abduhakimov yasagan badiiy buyumlar O’rta Osiyo muzeylarida saqlanmoqda. Bular orasida O’zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan bronzadan quyilgan manqaldon va Feruza ko’zli zulfin diqqatga sazovordir.