ABDULAHAD

ABDULAHAD (1859.16.3-1911.6.1) – Buxoro amiri (1885-1910). Mang’itlardan. Amir Muzaffarning o’g’li. Abdulahad davrida chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi ta’sis etib (1886), Turkistonni, jumladan Buxoro xonligini xom ashyo bazasiga aylantirish va bu yerdagi boyliklarni Rossiyaga tashib ketish maqsadida Amudaryoga ko’prik qurdi, Chorjo’y-Samarqand temir yo’li o’tkazdi (1900— 01). Shuningdek Abdulahad davrida jadidchilik harakati kuchaydi.