ABDULHAMID II

ABDULHAMID II (1842.21.9 – 1918.10.2) — Turkiya sultoni (1876— 1909). U 1876 yil dekabrda «Yangi Usmonlilar» jamiyati bilan bog’liq Liberal guruhlar rahbari Midhat Posho boshchiligida o’tkazilgan saroy to’ntarishi natijasida taxtga chiqdi. Yangi Konstitusiya qabul qilindi. Turk sultonlari ichida qattiqqo’lligi bilan nom chiqargan. Abdulhamid II ichki va tashqi siyosatda ham salbiy yo’l tutdi. U doimo G’arb davlatlariga yon bosdi. Buning natijasida mamlakat yarim mustamlakaga aylanib qoldi. 1903 yilda Germaniya mashhur Bag’dod tumani yo’lini qurish huquqini oldi. Yosh turklar deb atalmish guruh 1909 yil Abdulhamid ІIga qarshi bosh ko’tarib, uni taxtdan tushirdilar. Abdulhamid II mahbuslikda vafot etdi.