ABDULHAY

ABDULHAY (14-15 – asrlar) — miniatyurachi rassom. 1396 yilda Amir Temur uni Bag’doddan Samarqandga chaqirib olgan va saroydagi badiiy ustaxonalarning boshlig’i qilib tayinlagan. Bizgacha san’atkor asarlarining juda oz qismi yetib kelgan. Berlindagi antiqalar orasida mavjud bo’lgan «Saroy» albomida rassomning ikki miniatyurasi («O’rdak», «Jang manzarasi»), Istanbuldagi To’pqopu saroyida Abdulhayning imzosi bo’lgan ikki asari saqlanadi.