ABDULJAMIL

ABDULJAMIL (? – 1505-06 yillar, Hirot) — xattot. Alisher Navoiyning shaxsiy kotibi, Hirotdagi Sultoniya madrasasida nahv va sarfdan Daryo bergan (mudarris). U Alisher Navoiyning «Xamsa» (O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi), «Navodir un-nihoya» va boshqa asarlarini ko’chirgan. Navoiyning lirik asarlari bo’yicha «Tuhfat us-salotin» («Sultonlarga tuhfa») to’plamini tuzgan (Britaniya muzeyida saqlanadi).