ABDULKARIMBIY

ABDULKARIMBIY, Abdulkarimxon (1710-1750) – Qo’qon xoni (1733-50). Minglardan, Shohruxbiyning o’g’li. Akasi Abdurahimbiy vafot etgach (1733), taxtga o’tirgan. Xonlik o’rdasini Qo’qon yaqinidagi Tepaqo’rg’ondan Qo’qonga ko’chirgan. 1746 yil. O’ratepa hokimi Fozilbiy yordamida qalmoqlar hujumini qaytargan. A. Qo’qon shahrida saroy, madrasa, bozor va Isfara, Qatag’on, Marg’ilon, Toshkent, Haydarbek nomli shahar darvozalarini qurdirgan. Ad.: Beysembiev T. K., Tarixi Shaxruxi, Alma-Ata, 1987; Bobobekov H. N., Qo’qon tarixi, T., 1996.