ABDULLA

ABDULLA musavvir Xurosoniy — 16 – asr 2 – yarmida Buxoroda yashagan miniatyurachi rassom, Buxoro miniatyura maktabi vakili. Taniqli rassomlar Mahmud Muzahxib va Shayx Sa’diy Mahmud qo’lida tahsil ko’rgan. Hirot miniatyura maktabi an’analari ta’sirida, qo’lyozma kitoblarga naqsh va nafis suratlar ishlagan. Shayx Sadiyning «Bo’ston» (1542), «Guliston» (1543) va boshqalar. qo’lyozmalarga ishlagan miniatyuralari buning dalilidir. Mashhad madaniy yodgorliklari muraqqasida Abdullaning hozirgi tadqiqotchilar shartli ravishda nomlagan «Bog’da musiqa asbobi bilan turgan miniatyurasi bor. Abdullaning 1575 yilda yaratgan «Uchrashuv», «Sevishganlar» nomli asarlari diqqatga sazovor.