ABDULLA BULBUL

ABDULLA BULBUL Iso Hofiz o’g’li (? — 1916, Toshkent) — o’zbek sozanda va xonandasi. G’ijjak, dutor, tanbur kabi milliy cholgu asboblarida chalinadigan kuylarning mohir ijrochisi sifatida tanilib, xalq orasida «Bulbul» laqabini olgan. Xushxonligi va sozandaligi tufayli «Sozanda Hofiz» nomi bilan ham tanilgan. Abdulla Bulbul zamonasining ilg’or fikrli kuychisi. Navoiy, Fuzuliy, Furqat g’azallarini xalq orasida kuylagan. «Bayot», «Segoh», «Chorgoh», «Ushshoq», «Shahnozi Gulyor» kabi maqom yo’llarini Madumar Hofiz talqinidagi erkin («Yovvoyi») usuldan soz usuliga o’tkazgan.