ABDULLA JIN

ABDULLA JIN (19 – 20-a.lar) -koshinkor usta. Xivadagi Toshhovli, Pahlavon Mahmud maqbarasi va ko’hna Ark (qabulxona va ayvonli masjid)ning ichki va tashqi devorlarini koshin bilan bezagan. Uslubining rang-barangligi namoyonlarga ishlangan girih va «so’zana» naqshlarida ko’zga tashlanadi.